Men haqimda

Men — Seulda yashayotgan dasturchi. Iste'molchiga mo'ljallangan mahsulotlarni end-to-end ishlab chiqaman — Android, veb-frontend, backend, shuningdek, ularni productionda ishlatadigan CI/CD va kuzatuv tizimlari.

O'zim bitta ingliz tili o'rganish ilovasini yaratib foyda keltiradigan holatga olib keldim (100K+ yuklab olish). Hono.js open-source kontributori. npm'da uzbekiston to'lov tizimlari uchun kutubxona chiqarganman. Hozir real-vaqtda ko'p tilli jonli savdo (live-commerce) startapining texnik hammuassisiman.

Nima qidiryapman

Koreya tech-kompaniyalarida senior-darajadagi muhandis pozitsiyasi — Android, platforma, yoki full-stack. Iste'molchi mahsulotlarini ishlab chiqaradigan va sifatga ahamiyat beradigan jamoalarni afzal ko'raman.

E-7 ish vizasi bor, bugundan Koreyada ishlay olaman. Koreys tilini boshlang'ich darajada bilaman va faol o'rganaman.